Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Gvardiola: «Barchasi tugashi mumkin»

Gvardiola: «Barchasi tugashi mumkin»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Shaharliklar» uchun safarda kechadigan ushbu uchrashuv yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 ga belgilangan.

«Agar biz «Stemford Bridj»da g‘alaba qozona olmasak, unda keyingi «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazishingizga hojat qolmasligi mumkin, chunki hammasi tugagan bo‘ladi. Buni hamma tushunib turibdi. Siz ham, men ham, futbolchilar ham — hamma biladi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni «Arsenal» o‘z maydonida kutilmaganda «Bornmut»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Hozirda «Siti» peshqadam «kanonirlar»dan 9 ochko ortda qolmoqda, biroq Gvardiola shogirdlari ixtiyorida ikkita zaxira o‘yini bor. 19 aprel kuni esa ushbu ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 08:23, 12.04.2026.
O'qildi: 2684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик