Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Yamal La Ligada samaradorlik bo‘yicha Mbappega deyarli yetib oldi

Yamal La Ligada samaradorlik bo‘yicha Mbappega deyarli yetib oldi

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Lamin Yamal shanba kungi "Espanyol"ga qarshi derbining (4:1) asosiy qahramoniga aylandi.

18 yoshli futbolchi uchrashuvning 9 va 25-daqiqalarida Ferran Torresga golli uzatma yetkazib bergan bo‘lsa, 87-daqiqada raqib darvozasini o‘zi ishg‘ol qildi. Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar"ning yosh yulduzi hisobida Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 26 ta samarali harakat (15 ta gol va 11 ta assist) mavjud.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada faqatgina Madridning "Real" klubi to‘purari Kilian Mbappe undan oldinda bormoqda — fransuz yulduzi 27 ta golda (23+4) bevosita ishtirok etgan. Kuchli uchlikni esa 20 ochko (19+1) bilan "Malyorka" hujumchisi Vedat Muriki yakunlab turibdi.

Hozirda Lamin Yamal La Liganing eng yaxshi assistentlari poygasida peshqadamlik qilmoqda, to‘purarlar ro‘yxatida esa Mbappe va Murikidan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:26, 12.04.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик