Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Fulxem»ga gol urgan Ngumoha tajribali jamoadoshlarini e’tirof etdi

«Fulxem»ga gol urgan Ngumoha tajribali jamoadoshlarini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning 17 yoshli futbolchisi Rio Ngumoha Premyer-liga doirasida «Fulxem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng intervyu berdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida vunderkind hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Muhammad Saloh mezbonlarning ustunligini ikki barobarga oshirdi.

«Muhammad menga juda ko‘p yordam berdi — ayniqsa mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida. Robbo (Endryu Robertson) esa undan ham ko‘proq ko‘mak berdi, chunki u chap qanot himoyachisi va ulkan tajribaga ega. U, ehtimol, o‘z pozisiyasida tarixdagi eng yaxshilardan biri bo‘lsa kerak. Saloh esa, nazarimda, barcha davrlarning eng zo‘r vingeridir», — dedi Ngumoxa jurnalistlar bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh va Endryu Robertson joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida «Liverpul»ni tark etishadi.

Kiritildi: 08:33, 12.04.2026.
O'qildi: 466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик