Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Bu jamoa tarix yaratmoqda»: Xarri Keyn «Bavariya»ning yangi rekordi haqida

«Bu jamoa tarix yaratmoqda»: Xarri Keyn «Bavariya»ning yangi rekordi haqida

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatining 29-turi doirasida «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Myunxenliklar 5:0 hisobida zafar quchib, mazkur turnir tarixida bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi.

«Bu jamoa tarix yaratishda davom etmoqda. Bugun muhim g‘alabaga erishdik, maqsadimiz sari yana bir qadam tashladik. Bundesliganing bir mavsumida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordni yangilash — butun jamoaning ajoyib yutug‘idir. 105 ta gol! Va bu hali hammasi emas», — deb yozdi ingliz futbolchisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

29-turdan so‘ng «Bavariya» turnir jadvalida Dortmundning «Borussiya» jamoasini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. Keynning o‘zi bugungi bahsda maydonga tushmadi.

Kiritildi: 08:59, 12.04.2026.
O'qildi: 438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик