Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Yunayted» zaxirasida qolib ketayotgan futbolchiga A Seriyaning 3 grandi da’vogar

«Manchester Yunayted» zaxirasida qolib ketayotgan futbolchiga A Seriyaning 3 grandi da’vogar

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Manuel Ugarte kelayotgan yozda Italiyaning top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Urugvaylik futbolchi «qizil iblislar»ning asosiy tarkibida tez-tez ko‘rinish bermayotgani sababli faoliyatida o‘zgarish qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh yarim himoyachi xizmatlarini «Yuventus», «Milan» va «Napoli» klublariga taklif qilgan. Ta’kidlanishicha, turinliklar skautlari 25 yoshli o‘yinchining terma jamoadagi yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridan birini bevosita kuzatishgan. Neapolliklarning ustunligi esa «Yunayted» rahbariyati bilan yaxshi aloqalarga ega ekanligida bo‘lishi mumkin.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Manuel Ugartening bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 10:59, 12.04.2026.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик