Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Yuventus» yozda yulduzlarni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

«Yuventus» yozda yulduzlarni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Yuventus» yozgi transfer oynasi uchun o‘z maqsadlarini belgilab oldi.

Asosiy nomzod sifatida «Manchester Siti» a’zosi Bernardu Silva ko‘rilmoqda. Yarim himoyachi yozda erkin agentga aylanadi. Shuningdek, Turin klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski va «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goreska transferlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Ushbu futbolchilarning amaldagi shartnomalari ham yozda yakuniga yetadi.

Mazkur ehtimoliy transferlar amalga oshishining asosiy sharti «Yuventus»ning A Seriyadagi natijasi bo‘ladi. Agar turinliklar Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasalar, bu kelishuvlarni amalga oshirish ancha qiyinlashadi. Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida ishtirok etishni istashadi.

Kiritildi: 11:37, 12.04.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик