Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Yevropaning top-klublari «Arsenal» futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda

Yevropaning top-klublari «Arsenal» futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarim himoyachisi Itan Nvaneri «Marsel»dagi ijaradan qaytganidan so‘ng klubini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 19 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishga Dortmundning «Borussiya» klubi jiddiy tarzda bel bog‘lagan. Bundan tashqari, istiqbolli ingliz futbolchisini Italiyaning «Milan» va «Yuventus» klublari ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

«Arsenal» hozircha o‘z tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti — u bo‘yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi.

Transfermarkt portali Itan Nvanerining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. «Marsel» safidagi o‘nta o‘yinda futbolchi ikkita gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 14:49, 12.04.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик