Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Ronaldo Anchelotti boshchiligidagi Braziliyaning JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Ronaldo Anchelotti boshchiligidagi Braziliyaning JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Afsonaviy sobiq hujumchi Ronaldo bo‘lajak Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining istiqbollari haqida gapirdi. «Pentakampeonlar» guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan kuch sinashadilar.

«Bizda Vinisius, Rafinya, Estevao bor — ularning barchasi ajoyib va Yevropaning yirik klublarida ajralib turishibdi. Menimcha, bizda JCH-2026da g‘olib chiqish uchun haqiqiy imkoniyatlar bor. Anchelotti — futbol tarixidagi eng buyuk va eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri, men unga ishonaman. Ha, qiyin bo‘ladi, lekin bizda imkoniyat bor. Hozir Braziliyaning g‘alaba qozonish ehtimoli boshqa 95% terma jamoalardan ancha yuqori», — deya Ronaldoning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone.

Braziliyaliklarning mundiallardagi hozircha oxirgi zafari 2002 yilga to‘g‘ri keladi — o‘shanda Ronaldo 8 ta gol bilan turnir to‘purari bo‘lgan edi. Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti o‘tgan yilning yozida «Selesao» boshqaruvini qo‘lga olgan.

Kiritildi: 15:30, 12.04.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик