Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

De Laurentis «Napoli»ni qanday sotib olgani va qanday yo‘lni bosib o‘tgani haqida gapirib berdi

De Laurentis «Napoli»ni qanday sotib olgani va qanday yo‘lni bosib o‘tgani haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis klubni qanday qilib qo‘lga kiritgani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«2004 yilda men Los-Anjelesda edim — bir nechta mashhur aktyorlar ishtirokidagi filmni suratga olayotgandik. Bir mahal uch haftalik yozgi ta’tilga ehtiyoj sezdim va Kapri oroliga yo‘l oldim.

U yerga borganimda kimdir menga gazeta uzatdi. Unda qaysidir odam «Napoli»ni 5 mln yevroga sotib olayotganini o‘qib qoldim. «Napoli»ni sotib olish? Qanday qilib?» — deb hayron bo‘ldim. Menga: «Napoli» endi yo‘q, klub bankrot bo‘ldi», deb javob berishdi. Keyin mendan uni sotib olishni istaymanmi-yo‘qmi, so‘rashdi. Men o‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt so‘radim.

Bankrotlikdan so‘ng klub auksionga qo‘yildi. O‘g‘lim Luiji va rafiqam Jaklin shokka tushishdi: «Esingni yedingmi? Sen futbol haqida hech narsa bilmaysan-ku!» Lekin men biznesmenman, bu esa yangi va hayajonli sarguzasht bo‘lib tuyuldi. Men pul tikdim, lekin aslida shunchaki bir parcha qog‘ozni sotib olgandim: o‘yinchilar yo‘q edi, boshqa hech narsa mavjud emasdi. Hatto ishni nimadan boshlashni ham bilmasdim».

De Laurentisning so‘zlariga ko‘ra, federasiya klub A Seriyada emas, balki S Seriyada ishtirok etishini ma’lum qilgan. Shu tariqa Italiya janubi bo‘ylab uzoq yo‘l boshlangan.

«Birinchi qadamlar juda og‘ir kechdi: ba’zan kiyinish xonalarida soatlab yashirinib o‘tirishga majbur bo‘lardim — atrofdagilar juda tajovuzkor kayfiyatda edi. «Napoli» ilgari hech qachon S Seriyada o‘ynamagan. Bu juda qiyin edi, lekin men uchun sodir bo‘layotgan voqealar hayotimdagi eng yaxshi filmni eslatardi.

A Seriyaga qaytish uchun bizga uch yil kerak bo‘ldi va biz buni uddaladik. Men katta faxr tuyardim: sekin-asta futbol sirlarini o‘rgandim va jamoa muvaffaqiyatga erishdi. Biz ketma-ket 15 yil davomida Yevropa musobaqalarida qatnashgan yagona jamoaga aylandik. Bugun muxlislar bilan munosabatlarimiz shunchaki fantastik darajada», — deya De Laurentisning so‘zlarini keltirmoqda CBS Sports.

Ma’lumot uchun: De Laurentis 2004 yilgi bankrotlikdan so‘ng klubni qayta tikladi va 2006 yilda unga tarixiy — Società Sportiva Calcio Napoli nomini qaytardi. Uning davrida Neapol klubi 2022/2023 va 2024/2025 yilgi mavsumlarda A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, «Napoli» uning rahbarligida uch marta Italiya Kubogi va ikki marta (2014 va 2025 yillarda) Italiya Superkubogida zafar quchdi.

Kiritildi: 15:34, 12.04.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик