Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Joao Pedro: «Menimcha, bu hayotimdagi eng yaxshi mavsumlardan biri»

Joao Pedro: «Menimcha, bu hayotimdagi eng yaxshi mavsumlardan biri»

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro klub tarkibidagi joriy mavsum haqida fikr bildirdi. U ayni damda 14 ta gol bilan Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi va eng yaxshi assistentlar o‘ntaligiga kirgan.

«Men juda baxtliman. Menimcha, bu hayotimdagi eng yaxshi mavsumlardan biri. Mendan kutiladigan natijalar yuqori edi, shuning uchun jamoadoshlarimga yordam berish uchun doimo ijobiy kayfiyatni saqlashga harakat qilaman. Agar biror o‘yinda gol ura olmasam, Ris Jeyms va boshqa sheriklarim yonimga kelib: «Joao, keyingi o‘yinda gol urishing kerak!» deyishadi. Men ko‘rsatkichlarimni maksimal darajada yuqori saqlashga harakat qilaman.

Bu yerga kelganimda sovrinlar yutishni va «Chelsi» uchun bor kuchimni berishni xohlagandim. Yoshligimda Premyer-ligani tomosha qilardim va Angliyada mana shunday o‘yinchilardan biri bo‘lish, katta klubda o‘ynash mening orzuim edi. Hozir mening vaqtim keldi va men undan zavqlanishim kerak. «Chelsi»da hamma narsa mutlaqo boshqacha: atrofimda yuqori saviyali o‘yinchilar juda ko‘p va bu mening ishimni osonlashtiradi. Men to‘p bilan muomala qilishdan zavq olishga va Braziliyada o‘rgangan mahoratlarimni o‘yinimda qo‘llashga harakat qilaman.

Menga Liam Rosenyor bilan ishlash juda yoqadi, chunki u menga qo‘limdan yaxshi keladigan ishlarni qilish uchun erkinlik beradi», — deya Pedroning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Joao Pedro 2025 yil iyul oyi boshida «Brayton»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Braziliyalik futbolchi londonliklar bilan 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Kiritildi: 15:56, 12.04.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик