Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Bavariya»ning «MYU» va «Real» qiziqish bildirayotgan Pavlovich bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

«Bavariya»ning «MYU» va «Real» qiziqish bildirayotgan Pavlovich bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Chelsi» va Madridning «Real» klublari «Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandar Pavlovich borasida so‘rov yuborishdi. Biroq, ularga 21 yoshli futbolchi transfer uchun yopiq ekanligi haqida javob qaytarildi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi Pavlovich bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqish niyatida emas. Germaniyalik futbolchining o‘zi ham «Bavariya»ni tark etishni istamayapti va uzoq muddatli istiqbolda jamoaning asosiy yarim himoyachisi sifatida mustahkam o‘rin egallamoqchi.

Joriy mavsumda Pavlovich barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:00, 12.04.2026.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик