Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ilk bor Bundesliga klubiga ayol bosh murabbiy tayinlandi

Ilk bor Bundesliga klubiga ayol bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Germaniyaning “Union” klubi “Haydenhaym”ga imkoniyatni boy bergach, bosh murabbiy Steffen Baumgartni iste’foga chiqardi va mavsum yakuniga qadar jamoani Mari-Luiza Eta boshqaradigan bo‘ldi. Shu tariqa, Eta Bundesliga tarixidagi birinchi ayol bosh murabbiyga aylanadi.

34 yoshli mutaxassis joriy mavsumda “Union Berlin”ning U-19 jamoasini boshqarib kelayotgan edi. U yozda ayollar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishidan oldin, asosiy jamoani mavsum oxirigacha boshqaradi. Eta 2023 yil noyabr oyida Marko Grote qo‘l ostida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan, shuningdek, Nenad Belisa davrida ham murabbiylar shtabida bo‘lgan edi.

Berlin klubi jadvalning eng quyi qismidagi “Haydenhaym”dan qabul qilingan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ushbu o‘zgarishni e’lon qildi. Jamoa hozirda xavfli hududdagi “Sant-Pauli”dan 7 ochko oldinda bormoqda.

Klubning professional futbol bo‘yicha direktori Xorst Xeldt vaziyat xatarli bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.

“Ligadagi o‘rnimizni saqlab qolish uchun bizga zudlik bilan ochkolar kerak. Qishki tanaffusdan keyingi 14 o‘yinda atigi ikki g‘alaba va so‘nggi haftalardagi o‘yinlar hozirgi tarkib bilan vaziyatni o‘nglay olishimizga ishonch bermadi. Shu bois o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildik”, deydi Xeldt.

Mari-Luiza Eta esa o‘z tayinlovi haqida shunday fikr bildirdi:

“Bundesligadagi o‘rnimiz hali kafolatlanmagan. Klub bunday qiyin vazifani menga ishonib topshirganidan xursandman. "Union"ning kuchli tomonlaridan biri qiyin vaziyatlarda birlasha olishidir. Jamoa bilan muhim ochkolarni qo‘lga kiritishimizga ishonaman”.

Eta 18 aprel kuni “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda Bundesliga tarixidagi birinchi ayol bosh murabbiy sifatida jamoasini maydonga boshlab tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:10, 12.04.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик