Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov Nakamura bilan durang o‘ynadi

Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov Nakamura bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Nomzodlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqaning 12-turida Sindorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Hikaru Nakamuraga qarshi dona surdi.

Ushbu bahs 33-yurishdayoq durang natija bilan yakunlandi. Mazkur natija evaziga Javohir turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Ayni paytda Sindorov 9 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. U eng yaqin ta’qibchisi Anish Giridan 2,5 ochko oldinga o‘tib oldi. Biroq niderlandiyalik shaxmatchi xitoylik Vey Iga qarshi bahsda hozircha kichik ustunlikka ega.
Agar Anish Giri bugun Vey Iga mag‘lub bo‘lsa, Sindorov musobaqa yakuniga 2 tur qolganda g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

Umuman olganda, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashayotgan Sindorov musobaqani hali ham mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda.

15-aprelga qadar davom etadigan mazkur turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 14 turdan iborat musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 700 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:41, 12.04.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик