Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona»ga qarshi javob o‘yinida «Atletiko» yulduzi jamoaga yordam berishi mumkin

«Barselona»ga qarshi javob o‘yinida «Atletiko» yulduzi jamoaga yordam berishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.

Sloveniyalik posbon jarohatidan qutilgan va maydonga qaytishga tayyor, deb xabar bermoqda jurnalist Pedro Fulyana. Diyego Simeone «ko‘k-anorranglilar» bilan bo‘lajak bahsda 33 yoshli darvozabonni asosiy tarkibga kiritishi kutilmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

«Matraschilar»ning «Barselona» bilan uchrashuvi 14 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Yan Oblak jamoasining oxirgi oltita o‘yinini, shu jumladan, kataloniyaliklarga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan dastlabki bahsni ham o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 09:25, 13.04.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик