Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Chelsi» ustozi Enso Fernandes bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

«Chelsi» ustozi Enso Fernandes bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor yarim himoyachi Enso Fernandesning tarkibga qaytishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Argentinalik futbolchi matbuotdagi bayonotlari sababli klub tomonidan ikkita o‘yinga chetlatilgan edi. Yakshanba kuni «ko‘klar» o‘z maydonlarida asosiy yarim himoyachisiz «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berishdi (0:3).

«Har qanday jamoa Ensoni sog‘ingan bo‘lardi, ammo biz klubning uzoq muddatli manfaatlarini ko‘zlab ushbu qarorni qabul qildik. Mening Fernandes bilan shaxsiy adovatim yo‘q. U seshanba kuni tarkibga qaytadi. Enso — ajoyib futbolchi, yaxshi yigit va men uning qaytishini intiqlik bilan kutyapman. Biz allaqachon gaplashib oldik», — dedi Rosenyor «shaharliklar»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi matbuot anjumanida.

18 aprel kuni londonliklar Premyer-liganing 33-turi doirasida o‘z maydonlarida «Manchester Yunayted»ni qabul qilishadi.

Kiritildi: 11:24, 13.04.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик