Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Sherki Fernandeshni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi

Sherki Fernandeshni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki yakshanba kuni «Chelsi»ga qarshi kechgan bahsning (3:0) asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Ushbu o‘yinda fransuz futbolchisi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

51-daqiqada u Niko O’Rayliga gol urishda ko‘maklashgan bo‘lsa, 57-daqiqada uning pasidan so‘ng Mark Gexi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu Sherki uchun joriy mavsumdagi barcha turnirlar doirasida ikki va undan ortiq assist qayd etgan to‘rtinchi o‘yin bo‘ldi — bu Premyer-liga vakillari orasidagi eng yaxshi natijadir. «Shaharliklar»ning 22 yoshli a’zosi bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandeshdan (uchta o‘yin) o‘zib ketdi.

Umumiy hisobda, Rayan Sherki joriy mavsumdagi 43 ta uchrashuvda 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Kiritildi: 11:37, 13.04.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик