Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Tottenxem» va «Vest Xem» «Barselona» futbolchisiga xaridor

«Tottenxem» va «Vest Xem» «Barselona» futbolchisiga xaridor

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

Transfer News Live nashrining Tuttomercatoga tayanib xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Tottenxem» va «Vest Xem» klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub faqat yuqori divizionda o‘z o‘rnini saqlab qolgan taqdirdagina ispaniyalik futbolchi uchun da’vogarlik qila oladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Mark Kasado «Barselona»ni tark etishga tayyor, chunki u bosh murabbiy Xans-Diter Flikning rejalariga kirmasligini tushunib turibdi. Transfermarkt portali tomonidan 20 mln yevroga baholangan yarim himoyachi uchun bundan avval Saudiya Arabistoni eng ehtimoliy yo‘nalish sifatida tilga olingan edi.

Ayni damda «shporlar» APL turnir jadvalida 18-o‘rinni, «bolg‘achilar» esa 17-o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 12:04, 13.04.2026.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик