Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Fabregas Italiyada mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Fabregas Italiyada mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Baho:
+ | -

«Komo» jamoasining ispaniyalik ustozi Fransesk Fabregas mart oyi yakunlariga ko‘ra Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

38 yoshli mutaxassis o‘z jamoasini «Kalyari» (2:1), «Roma» (2:1) va «Piza» (5:0) ustidan qozonilgan uchta muhim g‘alaba sari boshlab keldi. Bu natijalar «Komo»ning turnir jadvalining yuqori qismidagi pozisiyasini mustahkamlashiga yordam berdi.

Mazkur sovrin Fabregasga «Komo»ning Milanning «Inter» klubiga qarshi o‘z maydonidagi o‘yini oldidan topshirildi. 12 aprel kuni 32-tur doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv «neradzurrilar»ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hozirda «Komo» 58 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:31, 13.04.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик