Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Chelsi» 28 yil avvalgi antirekordini takrorladi

«Chelsi» 28 yil avvalgi antirekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni «Chelsi» o‘z muxlislarini ranjitdi. Liam Rosinyor jamoasi o‘z maydonida «Manchester Siti»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Aristokratlar» barcha uchta golni tanaffusdan so‘ng o‘tkazib yuborishdi.

Premyer-liganing so‘nggi uchta o‘yinida «Chelsi» faqat mag‘lubiyatga uchradi va birorta ham gol ura olmadi. Ushbu davr mobaynida «aristokratlar» «Nyukasl» (0:1), «Everton» (0:3) va mana endi «Manchester Siti»ga (0:3) imkoniyatni boy berishdi.

Squawka nashrining xabar berishicha, «Chelsi» oxirgi marta Premyer-ligada ketma-ket uchta o‘yinda gol ura olmasdan mag‘lub bo‘lishi o‘tgan asrda — 1998 yilning mart oyida sodir bo‘lgan edi.

Keyingi turda «Chelsi» yana o‘z uyida Manchesterning boshqa bir jamoasi — «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:04, 13.04.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик