Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Sherki «Arsenal» bilan hal qiluvchi to‘qnashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Sherki «Arsenal» bilan hal qiluvchi to‘qnashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Yakshanba kuni fransuz futbolchisi ikkita golli uzatmani amalga oshirib, «shaharliklar»ning safarda «Chelsi»ni tor-mor etishiga (3:0) katta hissa qo‘shdi. Xosep Gvardiola jamoasi o‘z maydonidagi o‘zaro bahs oldidan Premyer-liga jadvalida «Arsenal» bilan oradagi farqni olti ochkogacha qisqartirdi.

«Men hech qanday bosimni his qilmayapman — shunchaki jamoadoshlarim bilan o‘ynashni, muxlislarni xursand qilishni, Gexi, Xoland va boshqalarga yaxshi paslar berishni xohlayman. Endi bizni «Arsenal»ga qarshi o‘yin kutmoqda — bu eng muhim bahs!» — dedi Sherki o‘z intervyusida.

«Manchester Siti» kelasi yakshanba, 19 aprel kuni «Etixad» stadionida «kanonirlar»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 13:17, 13.04.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик