Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Eto’Odan o‘zib ketgan Muriki: Kosovalik forvard La Ligada yangi marrani zabt etdi

Eto’Odan o‘zib ketgan Muriki: Kosovalik forvard La Ligada yangi marrani zabt etdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Vedat Muriki «Malyorka» safida La Ligada gol urish bo‘yicha Samuel Eto’O o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Kosovalik futbolchi La Liganing 31-turi doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl qayd etdi. Endilikda Murikining «Malyorka» safida La Ligada urgan gollari soni 55 taga yetdi. Shu tariqa, 31 yoshli forvard Ispaniya oliy divizionida klub uchun 54 ta gol urgan Eto’Odan o‘zib ketdi.

Barcha musobaqalarni inobatga olganda, «Malyorka» tarixidagi eng yaxshi to‘purar Joan Morro Alberti hisoblanadi — uning hisobida 94 ta gol bor.

Joriy mavsumda Muriki Ispaniya chempionatida 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U La Liga to‘purarlar poygasida Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappedan ikkita golga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:31, 13.04.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик