Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Superliga, 7-tur. «So‘g‘diyona»ning mavsumdagi ilk g‘alabasi: «Qizilqum» Navoiyda taslim etildi

Superliga, 7-tur. «So‘g‘diyona»ning mavsumdagi ilk g‘alabasi: «Qizilqum» Navoiyda taslim etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan bahsda «So‘g‘diyona» mehmonda «Qizilqum»ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq jizzaxliklar o‘yinni o‘z nazoratiga olishdi. 29-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan Lyupcho Doriyev hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 41-daqiqada Feysal Mulich tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunlab, hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda ham «So‘g‘diyona» ustunligini davom ettirdi. 60-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev aniq zarba bilan jamoasining uchinchi golini kiritdi. Maydon egalari esa 70-daqiqada Samandar Shukurillayev orqali hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo bu kambek uchun yetarli bo‘lmadi.

Shu tariqa, «So‘g‘diyona» ushbu bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumdagi ilk yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Superligasi, 7-tur
13 aprel 2026 yil.
Qizilqum – «So‘g‘diyona» – 1:3
Gollar: Samandar Shukurillayev, 70 (1:3) – Lyupcho Doriyev, 29 (0:1), Feysal Mulich, 41 (0:2), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 60 (0:3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:28, 13.04.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик