Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Kristian Romero mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Kristian Romero mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda (0:1) olgan tizza jarohati sabab 2025/26 yilgi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda ESPN.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki tibbiy ko‘riklar 27 yoshli argentinalik futbolchining tizza paylari shikastlanganini ko‘rsatgan. Jarohatning qay darajada jiddiy ekanini aniqlash uchun yaqin kunlarda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Himoyachi besh haftadan sakkiz haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin va «Tottenxem» bu haqdagi rasmiy ma’lumotni yaqin kunlarda e’lon qiladi.

Shunday bo‘lsa-da, Jahon chempionati-2026 boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qolganini inobatga olsak, Romeroda turnirgacha to‘liq tiklanib olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:17, 14.04.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик