Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Ispaniya Kubogi finalini boshqaradigan hakamlar ma’lum

Ispaniya Kubogi finalini boshqaradigan hakamlar ma’lum

Baho:
+ | -

Bugun Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi mamlakat kubogi finalidan o‘rin olgan «Atletiko» — «Real Sosyedad» uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi tarkibini e’lon qildi. Ushbu bahs 18 aprel kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.

Brigada tarkibidan sakkiz nafar hakam joy oldi: Xavyer Alberola Roxas (bosh hakam), Alfredo Rodriges (birinchi yordamchi), Xorxe Bueno (ikkinchi yordamchi), Adrian Kordero (zaxira hakami), Xose Luis Martines (beshinchi hakam), Xorxe Figeroa Vaskes (VAR), Daniel Truxilyo Suares (AVAR1) va Luis Mariya Milya (AVAR2).

Hakamlar qo‘mitasining bu qarori turli e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, 10 aprel kuni Alberola Roxas Ispaniya chempionati 31-turidan o‘rin olgan «Real» — «Jirona» (1:1) o‘yinini boshqargan, Truxilyo Suares esa o‘sha bahsda VAR hakami sifatida ishlagan edi. O‘sha uchrashuvning 87-daqiqasida Kilian Mbappega nisbatan ishlatilgan yaqqol fol (uning peshonasi va labiga tirsak bilan zarba berilgan) uchun bosh hakam penalti belgilamagan, videoassistent esa vaziyatga aralashmagan edi.

Kiritildi: 06:39, 14.04.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик