Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Figu Olisening «Real»da o‘ynash imkoniyatlari haqida gapirdi

Figu Olisening «Real»da o‘ynash imkoniyatlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Luish Figu «Bavariya» vingeri Maykl Olisening o‘yinidan hayratda ekanini yashirmadi.

Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi Bundesliganing 27 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«U «Real»ga qarshi [CHempionlar ligasidagi] dastlabki o‘yinni yuqori darajada o‘tkazdi. Uning mahorati aql bovar qilmas darajada. Menga futbolchi sifatida juda yoqadi.

Agar u shu ruhda davom etsa, doimo «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘ladi. Maykl — o‘zgacha vinger va u «Bavariya»dek top-klubda o‘ynayapti.

— U «Real»da o‘ynay olarmidi? — Unda dunyoning istalgan jamoasida, xoh «Madrid» bo‘lsin, xoh boshqasi, o‘ynash uchun barcha fazilatlar mavjud», — dedi Luish Figu.

Kiritildi: 12:10, 14.04.2026.
O'qildi: 1590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик