Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Bavariya" APL hujumchisini kuzatmoqda

"Bavariya" APL hujumchisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Sanderlend»ning markaziy hujumchisi Brayan Brobbi faoliyatini «Bavariya»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Independent jurnalisti Migel Delani xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya grandi 24 yoshli niderlandiyalik futbolchini faol kuzatib bormoqda. Ta’kidlanishicha, «Bavariya» Brobbini Nikolas Djekson o‘rniga Xarri Keynning dublyori (o‘rinbosari) sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Brobbi barcha musobaqalarni hisobga olganda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. Bundan tashqari, hujumchi hisobida bitta golli uzatma ham mavjud.

Brobbining «Sanderlend» bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:14, 14.04.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик