Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Robben: «Kompani juda yaxshi ishni amalga oshirdi»

Robben: «Kompani juda yaxshi ishni amalga oshirdi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aryen Robben Myunxen klubining Vensan Kompani qo‘l ostidagi rivojlanishiga yuqori baho berdi.

«Bavariya» haqiqiy bir jamoa sifatida shakllangan. Vensan Kompani juda yaxshi ishni amalga oshirdi. Ular hujumga tez o‘tishmoqda va himoyaga ham xuddi shunday tez qaytishmoqda. Yuqori darajadagi jamoaga xos xususiyat ham aynan shu — barchaning birdek himoyaga qaytishi va chekinishidir.

Hozirda hamma narsa keraklidek ishlamoqda, har bir futbolchi o‘z vazifasini yaxshi biladi. Ularda aniq reja bor va deyarli har bir o‘yinda raqibdan ustun kelishmoqda», — deya Robbenning so‘zlarini keltirmoqda Myunxen klubi rasmiy sayti.

Ayni damda «Bavariya» Bundesligada peshqadamlik qilmoqda va UYEFA Chempionlar Ligasining 1/4 finalida ishtirok etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ertaga jamoani «Real Madrid»ga qarshi o‘ta muhim javob o‘yini kutmoqda.

Kiritildi: 20:00, 14.04.2026.
O'qildi: 448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик