Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Napoli» Konte bilan uchrashuvdan so‘ng Lukakuni qaydnomadan chiqarib yuborib, yozda sotmoqchi

«Napoli» Konte bilan uchrashuvdan so‘ng Lukakuni qaydnomadan chiqarib yuborib, yozda sotmoqchi

Baho:
+ | -

«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku bosh murabbiy Antonio Konte bilan uchrashuvdan so‘ng jamoaning mavsum uchun qaydnomasidan chiqarib yuborilishi mumkin. Klub futbolchini yozgi transfer oynasida sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi L’Équipe.

Hozirda Belgiyada son jarohatidan so‘ng reabilitasiya jarayonini o‘tayotgan hujumchi 20 aprel kuni Italiyaga qaytishi va Antonio Konte bilan uchrashishi kerak. Ushbu suhbatda futbolchining «Napoli»dagi kelajagi hal bo‘ladi. Klub uni asosiy jamoa tarkibidan butunlay chetlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu chora «Napoli»ning kengroq strategiyasi bir qismi bo‘lib, klub shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda futbolchi bilan xayrlashish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgiyalik forvard terma jamoa ixtiyorini tark etib, shaxsiy murabbiyi bilan alohida dastur asosida mashg‘ulotlarni boshlagani xabar qilingan edi. Bu vaziyat «Napoli» rahbariyatini, xususan, prezident Aurelio De Laurentis va sport direktori Jovanni Mannani juda g‘azablantirgan. Ular tomonidan qo‘yilgan ultimatum esa javobsiz qolgan.

Joriy mavsumda Lukaku «Napoli» safida barcha turnirlarda atigi 7 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi. Hujumchi yozda olgan jarohati sababli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi. Ko‘rinib turibdiki, Konte va Lukaku o‘rtasidagi ilgarigi yaqin munosabatlar ham vaziyatni qutqarib qola olmayapti.

Kiritildi: 20:05, 14.04.2026.
O'qildi: 364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик