Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Manchester Yunayted» Martinesning chetlatilishi bo‘yicha apellyasiya beradi

«Manchester Yunayted» Martinesning chetlatilishi bo‘yicha apellyasiya beradi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» dushanba kuni Premyer-liga doirasida o‘z maydonida «Lids»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida «qizil iblislar» himoyachisi Lisandro Martines VAR aralashuvidan so‘ng qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Argentinalik futbolchi raqib hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinning sochidan tortgani uchun maydondan chiqarib yuborilgan. The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ushbu chetlatish bo‘yicha apellyasiya berishga tayyorlanmoqda. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi hakamning bu qaroriga mutlaqo qo‘shilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik ushbu qizil kartochkadan g‘azabda ekanligini bildirgan edi. Murabbiyning fikricha, bu qaror o‘yin taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Hozirda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Agar apellyasiya qabul qilinmasa, Martines jamoasining keyingi muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Kiritildi: 21:33, 14.04.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик