Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida Kofane nomzodini ko‘rib chiqmoqda

«Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida Kofane nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi «Bayer Leverkuzen»ning 19 yoshli hujumchisi Kristian Kofanega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN nashri taniqli insayder Kristian Falkka tayanib xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, «Bavariya» rahbariyati yozda Xarri Keynga munosib o‘rinbosar bo‘la oladigan va u bilan raqobatlashadigan yosh hujumchi sotib olmoqchi. Myunxenliklar hozirda jamoada ijara asosida to‘p tepayotgan Nikolas Jekson bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilishgan u yozda «Chelsi»ga qaytadi.

Biroq, Kofane uchun kurashda «Bavariya» jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin. Xususan, Londonning «Arsenal» klubi ham futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, agar «to‘pchilar» muzokaralarga jiddiy kirishsa, «Bavariya» moliyaviy jihatdan qiynalib qolishi mumkin.

Kiritildi: 21:41, 14.04.2026.
O'qildi: 343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик