Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Arteta: «Bu haqiqatan ham juda kuchli jamoa»

Arteta: «Bu haqiqatan ham juda kuchli jamoa»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta odatdagidek bo‘lajak raqib sha’niga iliq so‘zlarni ayamadi. Bu safar u Lissabonning «Sporting» jamoasi haqida gapirdi.

«Ularga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yin meni ajablantirmadi. Biz ular qanchalik kuchli ekanligini va raqibga qanday turli usullar bilan xavf tug‘dirishi mumkinligini yaxshi tushunamiz. Bu haqiqatan ham juda yaxshi shakllangan jamoa va ular buni dastlabki bahsda isbotlashdi. Shu sababli, ertangi o‘yin biz uchun juda qiyin bo‘lishini bilamiz», — dedi Arteta «Arsenal» matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin Lissabonda kechgan bahsda «Arsenal» qiyinchilik bilan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Gabriel Martinellining ajoyib uzatmasidan so‘ng Kay Xavers g‘alaba golini kiritgandi.

Kiritildi: 21:42, 14.04.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик