Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Atletiko» moldovalik 16 yoshli iqtidor bilan professional shartnoma imzoladi

«Atletiko» moldovalik 16 yoshli iqtidor bilan professional shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi rasmiy saytida moldovalik darvozabon Oktavian Gyaur bilan shartnoma imzolangani haqida xabar e’lon qilindi. Hozirda o‘n olti yoshda bo‘lgan futbolchi uchun bu faoliyatidagi ilk professional shartnoma hisoblanadi.

Bunga qadar Gyaur Madrid klubi akademiyasida shug‘ullanib kelgan va yoshlar tarkibidagi o‘yinlarda allaqachon o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan edi. Klub rahbariyati undagi yuqori salohiyatni ko‘rib, uzoq muddatli hamkorlik qilishga qaror qildi.

O‘z vatani — Moldovada Gyaur 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat milliy terma jamoa sharafini himoya qiladi va hozirgacha ushbu jamoa safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 08:08, 15.04.2026.
O'qildi: 928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик