Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Dembele inglizlarga gol urishni yoqtiradi

Dembele inglizlarga gol urishni yoqtiradi

Baho:
+ | -

Usmon Dembelening dubli «PSJ»ga «Enfild»da «Liverpul» ustidan g‘alaba keltirdi (2:0). Fransiyalik hujumchi chorak finalning javob uchrashuvida 72-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 91-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0.

Shu tariqa, hujumchining Chempionlar ligasidagi gollari soni faoliyati davomida 24 taga yetdi. E’tiborlisi, ularning sakkiztasi — ya’ni roppa-rosa uchdan bir qismi — Angliya Premyer-ligasi vakillari darvozasiga kiritilgan.

Bundan avval Dembele eng nufuzli yevrokubokda «Chelsi»ni ikki bor xafa qilgan, shuningdek, «Manchester Siti», «Tottenxem» va «Arsenal» darvozasiga bittadan gol urgan edi. Ingliz klublari orasida «Liverpul» hammadan ko‘p — uch marta Dembelening gollaridan aziyat chekdi. «PSJ»ga o‘tishdan oldin «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi «Barselona» va Dortmundning «Borussiya» klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 08:43, 15.04.2026.
O'qildi: 386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик