Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Slot: «Hakamlar doim bizga qarshi qaror chiqarishmoqda, bu yangilik emas»

Slot: «Hakamlar doim bizga qarshi qaror chiqarishmoqda, bu yangilik emas»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi chorak finalida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlik haqidagi savolga javob berdi.

Mersisaydliklar o‘z maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Jurnalistlar niderlandiyalik mutaxassisdan «PSJ» darvozasiga belgilanib, keyinchalik bekor qilingan penalti haqida so‘rashdi: javob uchrashuvining 65-daqiqasida hakam nuqtani ko‘rsatgan edi, biroq videotakrorni ko‘rgach, o‘z qarorini o‘zgartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Usmon Dembele hisobni ochdi, o‘yin so‘nggida esa yana bir bor gol urib, yakuniy natijani belgiladi.

«Bu mavsumda hakamlarning qarorlari doimiy ravishda bizning zararimizga qabul qilinmoqda. Bu men uchun kutilmagan holat emas», – dedi Slot.

Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, allaqachon shu yozda «Liverpul»da murabbiy almashishi mumkin.

Kiritildi: 09:02, 15.04.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик