Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «PSJ» va «Liverpul» o‘rtasidagi javob bahsida Parij klubi ko‘rsatgan o‘yinni keskin tanqid qildi.
«Bu o‘yin meni hayratda qoldirmadi. Birinchi bo‘limda "PSJ" "Liverpul" bilan tengma-teng o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoa mag‘lubiyatga juda yaqin kelib qoldi, ammo Safonov va mening nazarimda ajoyib o‘yin o‘tkazgan Markinyos tufayli bardosh bera oldi.
"Liverpul" ularning ustiga xuddi momaqaldiroqdek yopirildi — bu menga o‘tgan yilgi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinni eslatib yubordi, faqat gollarsiz. Shaxsan menga "PSJ"ning o‘yini xavotirli tuyuldi», — dedi Peti.
Eslatib o‘tamiz, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ» (4:0) keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa-da, «Liverpul»ning kuchli bosimi va jarohatlar parijliklar uchun yarim final oldidan jiddiy qo‘ng‘iroq bo‘ldi.













