Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

“O‘zbekistonda zaxira borasida muammo yo‘q” — Qozog‘istonlik mutaxassis o‘zbek bokschilari haqida

“O‘zbekistonda zaxira borasida muammo yo‘q” — Qozog‘istonlik mutaxassis o‘zbek bokschilari haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Tursung‘ali Yedilov Ulan-Bator mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining ishtirokini yuqori baholadi. Mutaxassisning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasining kuchi uning “poyoniga yetmas” zaxirasida.

Tursung‘ali Yedilov turnirda Qozog‘iston asosiy tarkib bilan 4 ta oltin olgan bo‘lsa, O‘zbekiston 2-3-raqamli tarkib bilan kelib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritganiga e’tibor qaratdi.

“Bu nimani anglatadi? O‘zbekistonda zaxira borasida hech qanday muammo yo‘q. Masalan, Madaminov (-65 kg), Erkinboyev va yosh Mamasoliyev (-90 kg) kabi yigitlar o‘ta istiqbolli va raqobatbardosh ekanini ko‘rsatdi. Qo‘shni mamlakatda deyarli barcha olimpiya vaznlarida ichki raqobat shunchalik kuchliki, yoshlar asosiy tarkibdagi yetakchilarga bo‘shashishga imkon bermaydi. Bizda esa ba’zi vaznlarda bitta yetakchi bor, uning ortida esa bo‘shliq”, deydi murabbiy.

Ekspertning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik murabbiy va tahlilchilar qozog‘istonlik bokschilarning o‘yin uslubini sinchkilak o‘rganish bo‘yicha katta ish olib bormoqda. Bunga misol sifatida Mahmud Sabirxon va Shahzod Muzaffarov o‘rtasidagi jangni keltirdi.

“Avvalgi uchta jangda bizning bokschi oson g‘alaba qozongan edi. Bu safar esa ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Mahmud g‘alabani tom ma’noda ‘tishlari bilan sug‘urib oldi’. O‘zbekistonda bokschilarni biznikilarga qarshi janglarga juda jiddiy tayyorlashadi. Bizda esa bunday tahliliy yondashuv yetishmayapti. Ular bizni puxta o‘rganib bo‘lishgan”, deya ogohlantirdi Yedilov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari umumiy hisobda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  Musobaqada to‘liq tarkibda (20 nafar bokschi) ishtirok etgan O‘zbekiston umumjamoa hisobida Qozog‘iston (6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza) va Hindiston (5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza) bokschilaridan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:46, 15.04.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик