«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan javob o‘yinidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post qoldirdi.
Parijliklar «Enfild» stadionida 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi, Safonov esa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
«Biz eslab qoladigan oqshom. «Quruq» o‘yin — yarim final, bizni kut», — deb yozdi rossiyalik posbon.
Yarim finalda «PSJ» jamoasi «Real» va «Bavariya» qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki grand o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs bugun tunda bo‘lib o‘tadi.













