Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

The Athletic dunyoning eng kuchli 15 darvozabonini e’lon qildi

The Athletic dunyoning eng kuchli 15 darvozabonini e’lon qildi

Baho:
+ | -1

The Athletic nashri jurnalistlari dunyoning eng kuchli 15 nafar darvozaboni reytingini tuzib chiqishdi. Ta’kidlash joizki, ro‘yxatni shakllantirishda nafaqat joriy forma, balki barqarorlik va faoliyatning davomiyligi ham hisobga olingan. Shu sababli, ayrim porlayotgan yosh iste’dodlar ushbu ro‘yxatga kiritilmadi.

Reytingning birinchi pog‘onasini «Real Madrid» posboni Tibo Kurtua egalladi. Mualliflar aynan uni dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblashmoqda. Ikkinchi o‘rin «Manchester Siti» a’zosi Janluiji Donnarummaga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Liverpul» vakili Alisson yakunlab berdi.

Ro‘yxatning davomidan quyidagi darvozabonlar joy oldi: Manuel Noyer, Mayk Menyan, Emiliano Martines, David Rayya, Yan Oblak, Joan Garsiya, Gregor Kobel, Jordan Pikford, Yann Zommer, Unai Simon, Diogu Koshta va Ederson.

Kiritildi: 17:00, 15.04.2026.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик