«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi ketganidan so‘ng, jamoa tarkibida tez orada Yamal kabi futbolchining paydo bo‘lishi — «Barsa» uchun alohida voqelik. Mening avlodim uchun Messi o‘z davrining belgilovchi siymosi edi. U ketganidan keyin ko‘p o‘tmay, uning izidan bora oladigan potensial futbolchiga ega bo‘lish — bu mutlaqo noyob hodisa. Bunday o‘yinchilarga doim ishonishi va ularga imkoniyat berishi — butunlay La Masiyaning xizmatidir», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda Lamin Yamal «Barselona» safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda qatnashib, 23 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













