«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson «Manchester Yunayted»ning keyingi mavsumdagi o‘yinlaridan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.
«Keyingi mavsumda «Manchester Yunayted» chempionlik uchun kurashishga tayyor deb o‘ylamayman. Ularga yana bir nechta yangi o‘yinchilar kerak. Hozirgi tarkib bilan ular 38 ta o‘yin davomida raqobatbardosh bo‘la olishlarini ko‘rmayapman. «Manchester Yunayted»ning asosiy e’tibori faqat Chempionlar Ligasiga qaytishga qaratilishi kerak. Agar ular ushbu musobaqada qola olishsa, bu tarkibni shakllantirish uchun yaxshigina mablag‘ beradi. Hozir biz ularning haftada faqat bir marta o‘ynashiga o‘rganib qoldik, lekin bu klub bo‘lishi kerak bo‘lgan joy emas va ular tezroq cho‘qqiga qaytishlari lozim», — dedi Merson Metro nashriga bergan intervyusida.
Hozirgi vaqtda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida 32 turdan so‘ng 55 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













