Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Brayan Robson «Manchester Yunayted» sotib olishi kerak bo‘lgan o‘yinchi nomini aytdi

Brayan Robson «Manchester Yunayted» sotib olishi kerak bo‘lgan o‘yinchi nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Brayan Robson yozgi transfer oynasida «qizil iblislar» tarkibiga qo‘shib olishi kerak bo‘lgan futbolchini ko‘rsatdi.

«Elliot Anderson «Manchester Yunayted»ga transfer qilish uchun mening birinchi tanlovim bo‘lardi», — dedi Robson No Tippy Tappy Football nashriga bergan intervyusida.

Elliot Anderson 2024 yilda «Nyukasl»dan «Nottingem Forest»ga 41 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «o‘rmonchilar» safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Andersonning narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:05, 15.04.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик