Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Sindarov klassik shaxmatda ketma-ket 51 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi

Sindarov klassik shaxmatda ketma-ket 51 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi

Baho:
+ | -

Kiprda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Nomzodlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqaning 14-turida Sindarov xitoylik Vey Iga qarshi dona surdi.

O‘tgan turdayoq musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik shaxmatchining xitoylik raqibiga qarshi o‘yini durang natija bilan yakunlandi.

Javohir turnirning 13-turida niderlandiyalik kuchli grossmeyster Anish Giriga qarshi dona surib, 57-yurishda durang qayd etgan edi. E’tiborga molik jihati shundaki, bu Sindarov uchun klassik shaxmatdagi mag‘lubiyatsiz 50-o‘yini sifatida qay etildi. Bu haqda “Chess.com” nashri xabar berdi.

Vey Iga qarshi bahsdagi durang natijani ham qo‘shib hisoblaganda, Sindarovning mag‘lubiyasiz seriyasi 51 taga yetdi.

U so‘nggi bor 2025 yilning sentyabr oyida Samarqand shahri mezbonlik qilgan Grand Swiss turnirida Maksim Cheparinovga imkoniyatni boy bergan edi.

Shundan so‘ng Sindarov 2025 yil noyabr oyida FIDE Jahon Kubogi g‘olibiga aylandi, 2026 yil yanvar oyida Tata Steel Chess turnirida Nodirbek Abdusattorovdan so‘ng 2-o‘rinni egalladi va Nomzodlar turniri yakunlanishiga bir tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi.

Ushbu turnirdagi g‘alaba Javohir Sindarovga amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini berdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:07, 15.04.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик