Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«Manchester Yunayted» «Lids»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Kerrikning kelajagi borasida bir qarorga keldi

«Manchester Yunayted» «Lids»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Kerrikning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasida «Lids»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mag‘lubiyatga qaramay, «qizil iblislar» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikning ishidan hali ham mamnun.

Ingliz mutaxassisi keyingi mavsumda ham «Manchester Yunayted» ustozi lavozimida qolish uchun asosiy favoritlardan biri bo‘lib turibdi. Maykl Kerrik shu yilning yanvar oyida mavsum yakuniga qadar jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Hozirgi vaqtda «qizil iblislar» Angliya chempionati turnir jadvalida 32 turdan so‘ng 55 ochko bilan uchinchi o‘rinda borishmoqda. Keyingi o‘yinda «MYU» «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 20:29, 15.04.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик