«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan (2:1) va «ko‘k-anorranglilar»ning musobaqadan chiqib ketishi bilan yakunlangan YECHL 1/4 final javob uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Qanchalik harakat qilmang va qanchalik qattiq xohlamang, hamma narsa ham doim rejadagidek bo‘lavermaydi. Bugungi mag‘lubiyatdan saboq olishimiz, qo‘limizda nimalar borligini va nimalarni yaxshilashimiz mumkinligini anglab yetishimiz kerak. Bu kelgusi yillarda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishimiz uchun bizga kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim. Biz erishilgan natija bilan kifoyalanmaymiz; bugungi g‘am-g‘ussa kelajakda quvonchga aylanishi kerak», – deb yozdi Pedri o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Musobaqaning yarim finalida «Atletiko» «Arsenal» va «Sporting» qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.













