Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Lam: «Noyer haqiqatan ham «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq edi»

Lam: «Noyer haqiqatan ham «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq edi»

Baho:
+ | -

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Filipp Lam myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer haqida yuqori fikr bildirdi. Ular avval “Bavariya” safida birga to‘p surishgan.

“Noyer — asrda bir marta dunyoga keladigan darvozabonlardan. U bu pozisiya uchun zarur bo‘lgan barcha iqtidor va sifatlarga ega: sakrovchanlik, chaqqonlik, reaksiya, jismoniy kuch va epchillik. U xarizmaga, maydondagi ta’sirchanlikka va o‘z kasbiga bo‘lgan ulkan sadoqatga ega. Va 40 yoshida ham, o‘tgan hafta ko‘rsatganidek, u hali ham eng yuqori darajada o‘ynay oladi.

Manuel — o‘yinda faol ishtirok etishni istaydigan darvozabon. Bu oddiy gapdek tuyulishi mumkin, lekin u deyarli qo‘shimcha maydon o‘yinchisidek harakat qiladi, o‘ng va chap oyoqda birdek ishonchli o‘ynaydi. U bizga himoyadan hujumni boshlashda yordam berardi, chunki uning paslari bosim ostida qolmasligimizni ta’minlardi. Bunday darvozabon bilan jamoa murakkab vaziyatlarda ancha ishonch bilan o‘ynaydi. Biz unga va u taqdim etadigan pas variantlariga deyarli har qanday vaziyatda ishonar edik.

Albatta, Manuel Noyer kabi o‘yinchilar har kuni uchramaydi. U Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi tarixdagi eng buyuk futbolchilar qatoriga kiradi va u haqiqatan ham “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga loyiq edi”, — deb yozdi Lam The Athletic nashridagi minbarida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:59, 15.04.2026.
O'qildi: 310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик