Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Arteta Bukayo Sakaning jarohati va qaytish muddati haqida gapirdi

Arteta Bukayo Sakaning jarohati va qaytish muddati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Bukayo Saka jarohati tufayli «Arsenal»ning so‘nggi bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchining holati haqida ma’lumot berdi.

«U ancha vaqtdan beri axill payidagi muammo bilan o‘ynab kelayotgan edi. Hozirda ijobiy o‘zgarishlar bor va umid qilamanki, bu haftalar emas, balki kunlar masalasi. Saka tiklanish jarayonidagi yuklamalar ortishiga qanday reaksiya bildirishini kuzatishimiz kerak», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Chorshanba kuni «Arsenal» o‘z maydonida Chempionlar ligasi doirasida «Sporting»ga qarshi bahs olib boradi. Bukayo Saka kutilganidek qaydnomaga kiritilmadi.

Kiritildi: 23:00, 15.04.2026.
O'qildi: 235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик