Myunxenning «Bavariya» klubi 2012 yildan beri ilk bor Chempionlar ligasida «Real Madrid» to‘sig‘idan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa chorak finalning har ikki o‘yinida ham madridliklar ustidan g‘alaba qozondi (2:1, 4:3). Myunxenliklar oxirgi marta 2011/12 yilgi mavsumning yarim finalida «qirollik klubi»ni musobaqadan chiqarib yuborishgan edi (o‘shanda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlangan).
Shundan so‘ng o‘tgan 14 yil davomida «Real» Chempionlar ligasining pley-off bosqichlarida ketma-ket 4 marotaba «Bavariya»dan ustun kelib kelayotgan edi:
-
2014 yil (yarim final): 1:0, 4:0
-
2017 yil (chorak final): 2:1, 4:2
-
2018 yil (yarim final): 2:1, 2:2
-
2024 yil (yarim final): 2:1, 2:2













