Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Kompani «Bavariya»ning «Real» ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi

Kompani «Bavariya»ning «Real» ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan javob o‘yinidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Myunxenliklar o‘z maydonlarida bahs so‘nggida urilgan ikkita gol evaziga g‘alaba qozonishdi (4:3) va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:4) yarim finalga yo‘l olishdi.

«Juda hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. Biz to‘pga ko‘p egalik qildik va har soniyada gol urishimiz mumkinligini his qilib turdik. Lekin «Real» — bu «Real». Ularda istalgan lahzada jazolay oladigan juda tezkor futbolchilar bor.

Bugun jamoamiz ruhiy barqarorlik namoyish etdi va qiyinchiliklarga to‘g‘ri munosabat bildirdi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ham muhim rol o‘ynadi. Biz xotirjamlikni saqlab qoldik va o‘z vaqtimiz kelishini sezdik. Haqqoniy g‘alaba», – dedi Kompani DAZN nashriga bergan intervyusida.

Yarim finalda «Bavariya» Fransiyaning «PSJ» jamoasi bilan kuch sinashadi. Madridliklarning musobaqadagi yurishi esa Myunxenda to‘xtadi.

Kiritildi: 04:21, 16.04.2026.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик