Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Keyn: «Hammasi adolatli»

Keyn: «Hammasi adolatli»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn madridliklar yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilgan vaziyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Fransiyalik futbolchi 86-daqiqada hakam hushtagidan keyin to‘pni tepib yuborgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chiqarib yuborildi. O‘sha vaqtda hisob 3:2 hisobida «qaymoqranglilar» foydasiga edi, biroq ko‘pchilik bo‘lib qolgan myunxenliklar tezkorlik bilan ikkita gol urib, o‘yin taqdirini o‘zgartirishdi va yarim finalga yo‘l olishdi.

«O‘yin davomida hakam bizning zararimizga bir nechta qarorlar qabul qilgandi. Qoida — bu qoida, bu aniq sariq kartochka edi. Mening faoliyatimda ham bunday holatlar bo‘lgan va men bundan saboq chiqarganman. Hakamda boshqa chora yo‘q edi. Xayriyatki, hammasi biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi», — deya Keynning so‘zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Yarim finalda Vensan Kompani shogirdlari «PSJ» jamoasi bilan kuch sinashadigan bo‘lishdi. «Real» uchun esa Kamavinganing bu xatosi juda qimmatga tushdi.

Kiritildi: 04:26, 16.04.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик