Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan javob o‘yinidagi hakamlikdan noroziligini bildirdi.
«Qaymoqranglilar» Myunxendagi bahsning katta qismida 3:2 hisobida oldinda borishdi, biroq qo‘shimcha bo‘limlargacha chiday olishmadi. 86-daqiqada Eduardo Kamavinga kutilmaganda maydondan chetlatildi, shundan ko‘p o‘tmay «Bavariya» ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
«Bugungi hakamlik haqida gapirmaganim ma’qul. U hakam nima uchun qizil kartochka ko‘rsatganini ko‘rdingizmi?» — deya jurnalistlarning savoliga javob qaytardi Ryudiger o‘yindan keyingi suhbatda.
Yarim finalda «Bavariya»ning raqibi seshanba kuni «Liverpul»ni mag‘lub etgan «PSJ» jamoasi bo‘ladi. «Real» esa Kamavinganing chetlatilishidan so‘ng musobaqa bilan xayrlashdi.













